Mussasaning vazifalari quyidagilandan iborat:
O‘quvchilarning ma’naviy estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyat yaratish;
O‘quvchilarning istedodini xar tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish;
O‘quvchilarni milliy va jaxon musiqasi, tasviriy san’atning yuksak namunalridan va o‘zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan baxramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Milliy xamda umuminsoniy qadryatlarni uzviy birlashtirish asosida o‘quvchilarda yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirish;
O‘quvchilarga umumiy musiqa xoregrafiya, teart san’ati, tasviriy va amaliy san’at yunalishlari buyicha bilimlarning boshlang‘ich asoslarini o‘rgatish orqali ularni musiqa va san’at olamiga jalb etish.
Iqtidorli o‘quvchilarni musiqa va san’at yo‘naliglari bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalariga o‘qishni davom ettirish uchun tayyorlash.
Muassasa o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra musiqa va san’at turlariga o‘rgatish, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivjlantirishga yo‘naltirilgan musiqa (fontepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonadalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi)sa san’at (xoreografiya,teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at) yo‘nalishlariga faoliyatini amalga oshiradi.
Muassasa raxbariyati xar yili avgust oyida o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etadi.
Muassasada qabul sinovlari o‘tkazish uchun direktorning buyrug‘i bilan kamida besh kishidan iborat tarkibda qabul komissiyasi tuziladi.
Qabul komissiyasi tarkibidagi mussasa direktori, ma’sul kotib, direktorning o‘quv-ma’rifiy ishlar buyicha o‘rinbosari va tajribali pedagoglar kiritiladi.
Muassasaga o‘qishga kirish uchun o‘quvchining ota-onasi tomonidan 1-avgustdan 26-avgustgacha qabul komissiyasiga quyidagi xujjatlar takdim etiladi:
A) o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish buyicha ariza(ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak); B)o‘quvchilarning to‘g‘ilganlik xaqidagi guvohnoasi nusxasi; V) tibbiy ma’lumotnoma: G)3×4 o‘lchamli 2 ta fotosurat
Qabul sinovlari xar yili 31-avgustgacha o‘quvchining ijodiy qobilyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Qabul sinovlari qabul komissiyasi xuzurida o‘tkaziladi. Qabul sinovlari bir marta topshiriladi, qayta topshirishga yul quyilmaydi.
Qabul komissiyasi o‘vuqchining ota-onasini arizasda ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha uning quyidagi ijodiy qobilyatini qabul sinovlarida aniqlaydi:
Musiqa (fontepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi,xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) yo‘nalishlari buyicha musiqa ritmiga moslashishi, qo‘shiq aytishi,musiqani eshitishi va eslab qolishi;
San’at yo‘nalishlari;
Xoreografiya bo‘yicha jismonan ma’qulligi (tana va oyoqlarning egiluvchanligi) ritmga moslashishi, musiqani eshitishi;
Tasviriy va amaliy san’at mutaxassislari buyicha tasavvurdagi narsa-buyum yoki manzarani chiza olishi;
Teart san’ati mutaxassisliklari bo‘yicha she’r yoki monologni yoddan ifodali o‘qishi va ovoz yoki xarakatga nisbatan taklid qila olish;
O‘quvchining sinovdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi qabul komissiyasi a’zolarining ochiq ovoz berishi yuli bilan aniqlanadi. Qabul komissiyasi a’zolarining ko‘pchiligi ijobiy ovoz bergan taqdirda o‘quvchi qabul sinovidan o‘tgan hisoblanadi.
Qabul komissiyasining raisi barcha a’zolaridan so‘ng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolganda qabul kommismmiyasi raisining ovozi xal qiluvchi xisoblanadi.
Qabul komissiyasi o‘quvchini o‘qishga qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risdagiqaror qabul qiladi. Qabul komissiyasining ijobiy qaroriga asosan muasasa direktori o‘quvchini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risda buyruq chiqaridi.
O‘quvchilarni o‘quv yili davomida o‘qishga qabul qilishga yul quymaydi, boshqa bolalar musiqa va san’at maktabidan o‘qishi ko‘chirilgan o‘quvchilar bundan mustasno.
Muassasada o‘quvchilar kontingeiti bir yilda bir marotaba –sentabr oyida tasdiqlanadi.