Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi

Qamashi tumani 23-son bolalar musiqa va san’at maktabi

Ijodkorlar vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini betakror so’z, ohang va ranglarda tarannum etishni o’z hayotining ma’no-mazmuni deb biladilar!

Qamashi tumani 23-son bolalar musiqa va san’at maktabi

 O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2015-yil 20 noyabrdagi 2435-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablari  faoliyatini  yanada takomillashtirish bo’yicha 2016-2020-yillarda  mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2018-yilda Qamashi tuman Qoratepa  MFY xududidagi faoliyat  olib borayotgan musiqa va san’at maktabi tarmog‘i bazasida yangi maktab qurilib foydalanishga topshirildi.

Mussasaning maqsadi

yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobilyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish,ularni xalqimiz an’anlariga va milliy qadryatlarmizga nisbatan xurmat ruxida tarbiyalash va ma’rifiy saviyasmini xar tomonlama oshirishdan iborat.

O‘qituvchilar va o‘quvchilar

Maktabda sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sinf konsertlari va o‘zlashtirish musobaqalari, ochiq darslar belgilangan grafiklar asosida tashkil etilgan.

Musiqa yo'nalishi
fortepiano mutaxassisligi, torli cholg‘u mutaxassisligi, damli va zarbli cholg‘ular mutaxassisligi, xalq cholg‘ulari mutaxassisligi, akadimek xonadalik.
Yo'nalishlarimiz
Musiqa va san'at
San'at yo'nalishi
San’at yo‘nalishi bo‘yicha: xoreografiya, tasviriy san’at mutaxassisligi, amaliy san’at, teatr san’ati bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda.

O‘quv yili muassada 2 sentabrdan kelgusi yilning 31 may kuniga qadar davom etadi va to‘rtta chorak bo‘linadi.

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

O‘quv yilning davomiyligi -34 xafta. O‘quv xaftasining davomiyligi -6 kun. Dars mashg‘ulotining davomiyligi -45 daqiqa; Dars mashg‘ulotlari oralig‘i tanaffusning davomiyligi -5 daqiqa etib belgilanadi.

Mexnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida bayram (ishlamaydigan)kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. Bayram (ishmalaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirilgan xolda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

O‘quv yili davomida ta’tillar muddati quyidagicha belgilanadi:
Kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlab 14 kalendar kuni Qishki ta’til -28-dekbardan boshlab 14 kalendar kun, Baxorgi ta’til-21-martdan boshlab 7 kalendar kun. Yozgi ta’til 1-iyundan boshlab 2 sentabrgacha

Muassasada o‘quv-tariya jarayonida tashkil etish quyidagi shakllarni amalga oshiradi.

O‘quvchilar bilan guruxda va yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish;

O‘quvchilarning mustaqilish ishi,

Nazorat darslari,

Akademik konsertlar, texnik sinovlar;

Mustaqil ravishda ishlagan ijodiy muxsulotlar ko‘rgazmasi;

Ko‘rik –tanlov, festival, ustoz saboqlari, maxorat darslari,

Sinflan-sinfga o‘tkazish va bitiruv imtixonlari,

— Yakka tartibda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘quvchilar xar bir o‘quvchiga o‘quv yili uchun shaxsiy ish rejas, grux bilan o‘quv mashg‘ulotlarni olib boradigan o‘qituvchilar taqvimiy ish reja tuzadilar.

— Muassasada musiqa  (fontepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi,xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va san’at (xoreografiya tasviriy san’at, amliy san’at, teatr san’at) ta’lim yo’nalishlari  bo’yicha bolalarni 1-sinfga qabul qilish yoshi xamda o’qish muddatlari quyidagicha belgilanadi:

Bu mutaxassislikka o’quvchilar 6-11 yoshdan qabul qilinadilar.

Mussasaning vazifasi

O‘quvchilarga umumiy musiqa xoregrafiya, teart san’ati, tasviriy va amaliy san’at yo'nalishlari bo'yicha bilimlarning boshlang‘ich asoslarini o‘rgatish orqali ularni musiqa va san’at olamiga jalb etish.

Ta'lim yo'nalishlari
0
Mutaxassisliklar
0
O'qituvchilar
0
O'quvchilar
0 +

Musiqa va san'at

Musiqa yo‘nalishi bo‘yicha: fortepiano, torli cholg‘u, damli va zarbli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, akadimek xonadalik, an’anaviy xonadalik, an’anviy cholg‘u ijrochiligi, estrada cholg‘u  ijrochiligi, estrada xonandaligi, baxshichlik va San’at yo‘nalishi bo‘yicha: xoreografiya, tasviriy  san’at, amaliy san’at, teatr san’ati bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda.

Musiqa yo‘nalishi
fortepiano mutaxassisligi
Musiqa yo‘nalishi
fortepiano mutaxassisligi
Batafsil
Musiqa yo‘nalishi
Torli cholg‘u mutaxassisligi
Musiqa yo‘nalishi
Torli cholg‘u mutaxassisligi
Batafsil
Musiqa yo‘nalishi
Damli va zarbli cholg‘ular mutaxassisligi
Musiqa yo‘nalishi
Damli va zarbli cholg‘ular mutaxassisligi
Batafsil
San’at yo‘nalishi
Xoreografiya
San’at yo‘nalishi
Xoreografiya
Batafsil
San’at yo‘nalishi
Tasviriy san’at
San’at yo‘nalishi
Tasviriy san’at
Batafsil

Musiqa va san’at maktabi

Maktab Qamashi tuman 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidan 50 km uzoqlikda joylashgan, aholi qatlami zich joylashgan  Qoratepa  MFY xududidagi qator qishloqlardagi 7 (yetti)ta umumta’lim maktablarida  2919 nafar ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasida san’atga ishtiyoqmand yoshlarning  iste’dodlarini  ruyobga  chiqarish maqsadida ko‘pchilik ota-onalarning talab  va istaklarini  inobatga olib viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2014-yil 18-iyuldagi 01/6-5-1856-sonli rozilik xatiga asosan 2014-yil 16-avgustdagi 17-M sonli maktab buyrug‘li  bilan ish faoliyatini  boshladi. Hozirgi kunga qadar tarmoq o‘quvchilari viloyatda respublikada bo‘lib o‘tayotgan turli ko‘rik-tanlovlar va festivallarda qatnashib bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Maktabda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarda qatnashishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan, mavjud sinfxonalar musiqa cholg‘u asboblari, tasviriy va amaliy san’atga doir jixozlar va o‘quv anjomlari bilan to‘liq ta’minlangan. Maktab binosi  ta’mirlangan. Gullar bilan bezatilgan. Maktab joylashgan bino tuman xokimining  2017-yil 15-fevraldagi X-138/2-sonli qarori bilan maktab balansiga to‘liq o‘tkazildi.

Biz bilan bog'lanish :
Manzilimiz: Qamashi tumani Qora tepa MF Telefon: +998975 532-45-90
Qamashi tuman 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabi

o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi (bundan buyon matnda - vazirlik deb yuritiladi) hay’ati qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
Muassasa davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega
Muassasaning ustavi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi bolalar musiqa va san’at maktablarining (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023 yil 8 maydagi 212-son buyrug‘iga ILOVA ) namunaviy ustavi asosida ishlab chiqildi.
Unda muassasaning to‘liq va qisqaptipilgan nomi, ta’lim tupiga tegishliligi, ta’lim faoliyati yo‘nalishi, o‘qish shakli, mulkchilik shakli, muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi, muassasa joylashuv manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi), yupidik manzili, faoliyatini boshqarish tartibi, shuningdek, muassasani tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatning rekvizitlari ko‘rsatiladi. Muassasaning ustavi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar Madaniyat boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati opganlapida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Maatbuot

Yangiliklar

𝐇𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫 𝐞𝐥𝐠𝐚𝐲𝐚𝐫𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫 𝐔𝐦𝐮𝐦𝐱𝐚𝐥𝐪 𝐡𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫

📅 13,14-𝐌𝐚𝐫𝐭 𝐤𝐮𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐌𝐚𝐦𝐥𝐚𝐤𝐚𝐭𝐢𝐦𝐢𝐳𝐝𝐚 𝐲𝐮𝐫𝐭 𝐨𝐛𝐨𝐝𝐥𝐢𝐠𝐢 𝐦𝐚𝐡𝐚𝐥𝐥𝐚𝐝𝐚𝐧 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐧𝐚𝐝𝐢 𝐬𝐡𝐢𝐨𝐫𝐢 𝐨𝐬𝐭𝐢𝐝𝐚 𝐛𝐮𝐠𝐮𝐧 𝐐𝐚𝐬𝐡𝐪𝐚𝐝𝐚𝐫𝐲𝐨 𝐯𝐢𝐥𝐨𝐲𝐚𝐭𝐢 𝐦𝐚𝐝𝐚𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐭𝐚𝐬𝐚𝐫𝐫𝐮𝐟𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐐𝐚𝐦𝐚𝐬𝐡𝐢 𝐭𝐮𝐦𝐚𝐧𝐢 23-𝐬𝐨𝐧 𝐁𝐨𝐥𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐦𝐮𝐬𝐢𝐪𝐚 𝐯𝐚 𝐬𝐚𝐧‘𝐚𝐭 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢 𝐣𝐚𝐦𝐨𝐚𝐬𝐢 𝐱𝐚𝐲𝐫𝐢𝐲𝐚 𝐡𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫𝐢𝐝𝐚 𝐟𝐚𝐨𝐥 𝐢𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐨𝐤 𝐞𝐭𝐦𝐨𝐪𝐝𝐚

Batafsil o'qish »

Texnik imtihon

𝐐𝐚𝐬𝐡𝐪𝐚𝐝𝐚𝐫𝐲𝐨 𝐯𝐢𝐥𝐨𝐲𝐚𝐭𝐢 𝐦𝐚𝐝𝐚𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐭𝐚𝐬𝐚𝐫𝐫𝐮𝐟𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐐𝐚𝐦𝐚𝐬𝐡𝐢 𝐭𝐮𝐦𝐚𝐧𝐢 23-𝐬𝐨𝐧 𝐁𝐨𝐥𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐦𝐮𝐬𝐢𝐪𝐚 𝐯𝐚 𝐬𝐚𝐧‘𝐚𝐭 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢 𝐗𝐨𝐫𝐞𝐨𝐠𝐫𝐚𝐟𝐢𝐲𝐚 𝐲𝐮𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐨‘𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐈𝐈𝐈-𝐜𝐡𝐨𝐫𝐚𝐤 𝐲𝐚𝐤𝐮𝐧𝐢 𝐛𝐨‘𝐲𝐢𝐜𝐡𝐚 𝐭𝐞𝐱𝐧𝐢𝐤 𝐬𝐢𝐧𝐨𝐯 𝐢𝐦𝐭𝐢𝐡𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐟𝐨𝐭𝐨 𝐥𝐚𝐯𝐡𝐚𝐥𝐚𝐫.

Batafsil o'qish »

𝐓𝐚𝐬𝐯𝐢𝐫𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐧‘𝐚𝐭 𝐀𝐦𝐥𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐧‘𝐚𝐭 𝐢𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐨‘𝐫𝐠𝐚𝐳𝐦𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢

𝐐𝐚𝐬𝐡𝐪𝐚𝐝𝐚𝐫𝐲𝐨 𝐯𝐢𝐥𝐨𝐲𝐚𝐭𝐢 𝐦𝐚𝐝𝐚𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐭𝐚𝐬𝐚𝐫𝐫𝐮𝐟𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐐𝐚𝐦𝐚𝐬𝐡𝐢 𝐭𝐮𝐦𝐚𝐧𝐢 23-𝐬𝐨𝐧 𝐁𝐨𝐥𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐦𝐮𝐬𝐢𝐪𝐚 𝐯𝐚 𝐬𝐚𝐧‘𝐚𝐭 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 𝐓𝐚𝐬𝐯𝐢𝐫𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐧‘𝐚𝐭 𝐯𝐚 𝐀𝐦𝐚𝐥𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐧‘𝐚𝐭 𝐲𝐮𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐨‘𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐈𝐈𝐈-𝐜𝐡𝐨𝐫𝐚𝐤 𝐲𝐚𝐤𝐮𝐧𝐢 𝐛𝐨‘𝐲𝐢𝐜𝐡𝐚 𝐢𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐨‘𝐫𝐠𝐚𝐳𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐟𝐨𝐭𝐨 𝐥𝐚𝐯𝐡𝐚𝐥𝐚𝐫!

Batafsil o'qish »
Eng kerakli va qisqa

Savollarga javoblar

ichki tartib qoidalariga rioya qilish;

moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish va uni asrab-avaylash;

jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etish;

o‘z ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmasini hosil qilish va uni amalda qo‘llash.

Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilariga qonun hujjatlariga asosan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

O‘quvchining ota-onasi o‘z xohishi (arizasi)ga ko‘ra o‘quv yili davomida
yoki tugagandan so‘ng farzandini u ta’lim olayotgan bolalar musiqa va san’at maktabidan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega. O‘quvchi boshqa muassasaga faqatgina o‘zi ta’lim olib kelgan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Ta’lim olayotgan muassasadan boshqasiga o‘tkazilgan o‘quvchilar tomonidan o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan muassasaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ta’lim olgan joyidan ma’lumotnoma;

o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;

yakka tartibdagi ish rejasi (musiqa yo‘nalishlari uchun).

O‘quvchini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazish ta’limning faqatgina birinchi va ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi.

Bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga o‘tkazish muassasa direktorining buyrug‘iga asosan besh kishidan iborat tarkibda tuziladigan o‘quvchilarning o‘qishini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga ko‘chirish komissiyasining (bundan buyon matnda ko‘chirish komissiyasi deb yuritiladi) qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Ko‘chirish komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, direktorning o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va tajribali pedagoglar kiritiladi. Direktor ko‘chirish komissiyasi raisi hisoblanadi. Ko‘chirish komissiyasi o‘quv yili davomida faoliyat yuritadi.

Yuqori sinflarda bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko‘chirish komissiyasi tomonidan o‘quvchini bir ta’lim yo‘nalishidan boshqasiga o‘tkazishda uning ta’lim olayotgan yo‘nalishi bo‘yicha maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining minimal darajasini bilishi hisobga olinadi.

Ko‘chirish komissiyasining qarori o‘quvchiga darhol e’lon qilinadi. Ko‘chirish komissiyasining qarori ijobiy bo‘lgan taqdirda, unga asosan direktor o‘quvchini tanlagan ta’lim yo‘nalishiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

o‘quvchilar bilan guruhda va yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish;

o‘quvchilarning mustaqil ishi;

nazorat darslari;

akademik konsertlar, texnik sinovlar;

mustaqil ravishda ishlangan ijodiy mahsulotlar ko‘rgazmasi;

ko‘rik-tanlov, festival, ustoz saboqlari, mahorat darslari;

sinfdan-sinfga o‘tkazish va bitiruv imtihonlari.

O‘quvchilarning bilimi va ijodiy mahorati quyidagi tartibda baholanadi: 5 (a’lo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli), 2 (qoniqarsiz).

Yakka tartibda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchilar
har bir o‘quvchiga o‘quv yili uchun shaxsiy ish reja, guruh bilan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchilar taqvimiy ish reja tuzadilar.

Ta’lim muassasasi ishini tashkil etish va ish tartibi uning ichki mehnat tartib qoidasida belgilanadi. 

o‘quv haftasining davomiyligi - 6 kun;

dars mashg‘ulotining davomiyligi - 45 daqiqa;

dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi - 5 daqiqa etib belgilanadi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni
deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida ixtiyoriy ravishda ta’lim olish;

qiziqishiga ko‘ra ta’lim yo‘nalishini tanlash;

bir necha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim olish;

insoniy qadr-qimmatning hurmat qilinishini talab qilish, vijdon erkinligi, axborot erkinligi va o‘z qarashlarini ifodalash.

Muassasa o‘quvchilari qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Muassasa rahbariyati har yili avgust oyida o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etadi.

O‘quvchilar muassasaga yo‘nalishlar kesimida vazirlik tomonidan ajratilgan qabul kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

Qabul kvotalari muassasaning quvvati, moddiy-texnik bazasi, mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi.

Muassasada qabul sinovlari o‘tkazish uchun direktorning buyrug‘i bilan kamida besh kishidan iborat tarkibda qabul komissiyasi tuziladi.

Qabul komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, mas’ul kotib, direktorning o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va tajribali pedagoglar kiritiladi. Muassasa direktori qabul kamissiyasi raisi hisoblanadi.

Muassasaga o‘qishga kirish uchun o‘quvchining ota-onasi tomonidan
1 avgustdan 26 avgustgacha qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza (ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak);

b) o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

v) tibbiy ma’lumotnoma;

g) 3 x 4 o‘lchamli 2 ta fotosurat.

Qabul sinovlari har yili 31 avgustgacha o‘quvchining ijodiy qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Qabul sinovlari qabul komissiyasi huzurida o‘tkaziladi. Qabul sinovlari bir marta topshiriladi, qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

musiqa yo‘nalishi (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) bo‘yicha musiqa ritmiga moslashishi, qo‘shiq aytishi, musiqani eshitishi va eslab qolishi;

san’at yo‘nalishlari:

xoreografiya bo‘yicha jismonan ma’qulligi (tana va oyoqlarning egiluvchanligi), ritmga moslashishi, musiqani eshitishi;

tasviriy va amaliy san’at mutaxassisliklari bo‘yicha tasavvuridagi
narsa-buyum yoki manzarani chiza olishi;

teatr san’ati mutaxassisliklari bo‘yicha she’r yoki monologni yoddan ifodali o‘qishi va ovoz yoki harakatga nisbatan taqlid qila olishi.

baxshichilik san’ati bo‘yicha, xalq og‘zaki (dostondan parcha) ijodidan namuna kuylash, inprovizatsiya. Musiqaga moslashish.

O‘quvchining sinovdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi qabul komissiyasi a’zolarining ochiq ovoz berishi yo‘li bilan aniqlanadi. Qabul komissiyasi a’zolarining ko‘pchiligi ijobiy ovoz bergan taqdirda o‘quvchi qabul sinovidan o‘tgan hisoblanadi.

Qabul komissiyasining raisi barcha a’zolardan so‘ng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolganda qabul komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Qabul komissiyasi o‘quvchini o‘qishga qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Birinchi sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarni musiqa cholg‘ulari bo‘yicha taqsimlash huquqi komissiya a’zolariga beriladi.

Qabul komissiyasining ijobiy qaroriga asosan muassasa direktori o‘quvchini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.

O‘quvchilarni o‘quv yili davomida o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa (ota-onasining bir hududdan boshqa hududga ko‘chib ketishi yoki ishga o‘tishi)

bolalar musiqa va san’at maktabidan o‘qishi ko‘chirilgan o‘quvchilar bundan mustasno.

Muassasada o‘quvchilar kontingenti bir yilda bir marotaba - sentabr oyida tasdiqlanadi.

kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til - 1 iyundan boshlab 2 sentabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

Choraklar oralig‘idagi ta’tillar davrida pedagog xodimlar tomonidan o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning bilim saviyasini tahlil qilish va ular bilan qo‘shimcha ishlash, ularga maslahatlar berish, ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasida musiqa va san’atning inson ma’naviy va madaniy saviyasini oshirishdagi o‘rnini targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida tadbirlar tashkil etish, o‘quvchilar uchun shaxsiy va taqvimiy ish rejalari tuzish kabi ishlar amalga oshiriladi.