Maktab Qamashi tuman 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidan 50 km uzoqlikda joylashgan, aholi qatlami zich joylashgan Qoratepa MFY xududidagi qator qishloqlardagi 7 (yetti)ta umumta’lim maktablarida 2919 nafar ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasida san’atga ishtiyoqmand yoshlarning iste’dodlarini ruyobga chiqarish maqsadida ko‘pchilik ota-onalarning talab va istaklarini inobatga olib viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2014-yil 18-iyuldagi 01/6-5-1856-sonli rozilik xatiga asosan 2014-yil 16-avgustdagi 17-M sonli maktab buyrug‘li bilan ish faoliyatini boshladi. Hozirgi kunga qadar tarmoq o‘quvchilari viloyatda respublikada bo‘lib o‘tayotgan turli ko‘rik-tanlovlar va festivallarda qatnashib bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Maktabda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarda qatnashishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan, mavjud sinfxonalar musiqa cholg‘u asboblari, tasviriy va amaliy san’atga doir jixozlar va o‘quv anjomlari bilan to‘liq ta’minlangan. Maktab binosi ta’mirlangan. Gullar bilan bezatilgan. Maktab joylashgan bino tuman xokimining 2017-yil 15-fevraldagi X-138/2-sonli qarori bilan maktab balansiga to‘liq o‘tkazildi.
Maktabda sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sinf konsertlari va o‘zlashtirish musobaqalari, ochiq darslar belgilangan grafiklar asosida tashkil etilgan.
O‘qituvchilarni siyosiy saviyalari va malakalarini davr talabi asosida birga borishi uchun maktab o‘qituvchilariga o‘z ustilarida ishlash daftarlari tashkil etildi, unda 5 bob bo‘lib har bir bo‘ladigan yangiliklar, o‘zgarishlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek xukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror, farmon va farmoyishlarini qayd etib boriladi. Maktab raxbariyati oyida bir marotabadan ular bilan suxbat qilib ularning siyosiy saviyalarini kuzatib boradi.
Maktabda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha: fortepiano mutaxassisligi, torli cholg‘u mutaxassisligi, damli va zarbli cholg‘ular mutaxassisligi, xalq cholg‘ulari mutaxassisligi, akadimek xonadalik, an’anaviy xonadalik, an’anviy cholg‘u ijrochiligi mutaxassisligi, estrada cholg‘u ijrochiligi, estrada xonandaligi, baxshichlik va San’at yo‘nalishi bo‘yicha: xoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, teatr san’ati bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda.
Mussasaning maqsadi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobilyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish,ularni xalqimiz an’anlariga va milliy qadryatlarmizga nisbatan xurmat ruxida tarbiyalash va ma’rifiy saviyasmini xar tomonlama oshirishdan iborat.
O‘quvchilarning ma’naviy estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyat yaratish; O‘quvchilarning istedodini xar tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish; O‘quvchilarni milliy va jaxon musiqasi, tasviriy san’atning yuksak namunalridan va o‘zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan baxramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish;