Joriy yilda farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga o‘ttiz uch yil bo‘ladi. Ayni paytda mazkur bayram respublikamiz boʻylab koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan soha mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.
Ana shunday tadbirlardan biri Qamashi tuman 23-son bolalar musiqa va san’at maktabida ham tashkil etildi.
Qamashi tuman 23-son bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga o‘ttiz uch yil to’lishi munosabati bilan “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” mavzusida bayram dasturi tashkil etildi.





