Yosh iste’dodlarni kashf etish

Qashqadaryo viloyatida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash hamda yangi iste’dodlarni kashf etish maqsadida maxsus Telegram kanali tashkil etildi.

Mazkur kanal orqali hududda faoliyat yuritayotgan ijodkorlar, san’atkorlar va san’at ixlosmandlari uchun ijodiy ishlarni namoyish etish, tajriba almashish hamda iqtidorlarni ommaga tanitish imkoniyatlari yaratiladi.

Barcha san’at ixlosmandlari va ijodkorlar mazkur Telegram kanaliga taklif etiladi hamda o‘z iste’dodlarini keng jamoatchilikka namoyon etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tashabbus doirasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bo'lim :
Telegram
Facebook
OK
Email

Categories

Latest Articles