Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z !

Yurtimiz bo‘ylab yangilanish va yasharish ayyomi bo‘lgan Navro‘zi olam keng nishonlanmoqda. Joriy yilning 18-mart kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ham bayram shodiyonalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, aholiga bayramona kayfiyat ulashildi.

Unda tuman hokimi Xurshid Usmonov tuman ahlini bayram bilan qutladi. Navro’z saylida milliy qadriyatlarimiz tarannum etildi. Sumalak sayli, milliy taomlar, kurash musobaqasi, dorbozlar, folklor sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Ushbu bayram dasturida Qamashi tuman 23-son bolalar musiqa va san’at maktabi «dutorchi qizlar» ansambli, Tasviriy san’at bo’limi ko’rgazmalari hamda An’anaviy xonandalik o’qituvchilari ham o’zlarini chiqishlari bilan faol ishtirok etdi.

Navro‘z bayrami tumanimizdagi barcha mahallalarda xalq sayli ko‘rinishida davom etmoqda.

Related Posts