Madaniyat Vazirligi tomonidan belgilangan fan haftalik doirasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman 23-son bolalar musiqa va san’at maktabida 18-aprel kuni «An’anaviy xonandalik» bo’limi o’qituvchisi Jovliyev Jo’rabekning «An’anaviy uslublar» deb nomlangan
🎼 «Maqom» arab tilidagi «maqam» so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy jihatdan «joy», «makon», «o‘rin» kabi ma’nolarni anglatadi. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’ati manzarasida u asosiy tushunchalardan biriga aylangan.
🔵 Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari turdosh va nomdosh bo‘lgan o‘zlarining milliy mumtoz musiqa janrlarini quyidagicha ataydilar:
🔸o‘zbeklar va tojiklar — maqom;
🔸arab xalqlarida — maqam;
🔸uyg‘urlar — muqom;
🔸turkmanlar — mukam;
🔸turklar — makam;
🔸ozariylar — mug‘om;
🔸forslar — dastgoh;
🔸mag‘ribliklar — nu’ba vhk.
🎶 Musiqiy atama sifatida «maqom» serma’no hisoblanadi. Mutaxassislar uning kamida 11 ta ma’nosini sanab beradilar. Ular ichida asosiylari quyidagilar:
🔸parda (tovush hosil bo‘ladigan joy);
🔸lad-tovushqator;
🔸turkumli musiqiy janr.
🇺🇿 Bugungi kunda O‘zbekistonda asosiy maqom yo‘llari 3 ta bo‘lib, bular:
▪️ Buxoro Shashmaqomi;
▪️ Xorazm maqomlari;
▪️ Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari.
🏛 Bular ichida Shashmaqom 2008-yilda YUNESKO tomonidan «Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi» sifatida Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan.

