Mustaqillik bayrami munosabati bilan konsert dasturi tashkil etiladi

«Bir boʼlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» shiori ostida oʼtkazilayotgan Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Qamashi tumanida 2024-yil 25-avgust kuni tantanali bayram tadbiri tashkil qilinadi.

Konsertda estrada xonandasi Sevinch Moʼminova hamda viloyatimiz va tumanimizning taniqli xonandalari ishtirok etadi. Tadbir davomida ajoyib mushakbozlik guvohi ham boʼlasiz.

Konsert dasturi soat 19-00 da Mangʼit mahallasi hududidagi Markaziy oʼyingohda boshlanadi.

Barcha tumandoshlarimizni hamda mehmonlarni bayram shodiyonalariga taklif qilamiz.

Related Posts