O‘quv-tariya jarayoni

Bizni

Muassasada o‘quv-tariya jarayonida tashkil etish quyidagi shakllarni amalga oshiradi.

O‘quvchilar bilan guruxda va yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish;

O‘quvchilarning mustaqilish ishi,

Nazorat darslari,

Akademik konsertlar, texnik sinovlar;

Mustaqil ravishda ishlagan ijodiy muxsulotlar ko‘rgazmasi;

Ko‘rik –tanlov, festival, ustoz saboqlari, maxorat darslari,

Sinflan-sinfga o‘tkazish va bitiruv imtixonlari,

— Yakka tartibda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘quvchilar xar bir o‘quvchiga o‘quv yili uchun shaxsiy ish rejas, grux bilan o‘quv mashg‘ulotlarni olib boradigan o‘qituvchilar taqvimiy ish reja tuzadilar.

— Muassasada musiqa  (fontepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi,xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va san’at (xoreografiya tasviriy san’at, amliy san’at, teatr san’at) ta’lim yo’nalishlari  bo’yicha bolalarni 1-sinfga qabul qilish yoshi xamda o’qish muddatlari quyidagicha belgilanadi:

Bu mutaxassislikka o’quvchilar 6-11 yoshdan qabul qilinadilar. O’qish davomiyligi 5 yil.

      Ta’lim yo‘nalishlari :                   qabul yoshi                 o‘qish muddati

Musiqa yo‘nalishi

  1. Fortepiano                                     6-9                                  7-yil
  2. Torli cholg‘u                                  6-9                                  7 yil
  3. Damli va zarbli cholg‘ular           6-11                                5 yil
  4. Xalq cholg‘ulari                            6-11                                5 yil
  5. Akadimek xonadalik                    6-11                                5-yil
  6. An’anaviy xonadalik                    6-11                                 5 yil
  7. An’anviy cholg‘u ijrochiligi          6-11                                 5 yil
  8. Estrada cholg‘u ijrochiligi;           6-9                                   7 yil
  9. Estrada xonandaligi                     6-11                                 5 yil
  10. Baxshichlik                                    6-11                                 5 yil

San’at yo‘nalishi

  1. Xoreografiya                                 6-11                                  5-yil
  2. Tasviriy san’at                              6-11                                   5 yil
  3. Amaliy san’at                               6-11                                   5 yil
  4. Teatr san’ati                                 6-11                                    5 yil

— O‘quv yili muassada 2 sentabrdan kelgusi yilning 31 may kuniga qadar davom etadi va to‘rtta chorak bo‘linadi.

— O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

O‘quv yilning davomiyligi  -34 xafta

O‘quv xaftasining davomiyligi -6 kun

Dars mashg‘ulotining davomiyligi -45 daqiqa;

Dars mashg‘ulotlari oralig‘i tanaffusning davomiyligi -5  daqiqa etib belgilanadi.

Mexnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida  bayram (ishlamaydigan)kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. Bayram (ishmalaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini  ixchamlashtirilgan xolda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

— O‘quv yili davomida ta’tillar muddati quyidagicha belgilanadi:

Kuzgi  ta’til 4-noyabrdan boshlab 14 kalendar kuni

Qishki ta’til -28-dekbardan boshlab 14 kalendar kun,

Baxorgi ta’til-21-martdan boshlab  7 kalendar kun.

Yozgi ta’til 1-iyundan boshlab 2 sentabrgacha

Choraklar oralig‘idagi ta’tillar davrida pedagog xodimlar tomonidan o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning bilim savyasini  taxlil qilish va ular bilan  qo‘shimcha ishlash, ularga maslaxtlar  berish, ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ibot –tashviqot qilish maqsadida tadbirlar tashkil etish, o‘quvchilar uchun shaxsiy va taqvimiy ish rejalari  tuzish kabi amalga oshiriladi.

— Muassasada sinfdan sinfga o‘tkazish va bitiruv imtixonlari xam yili 11 maydan 31 maygacha o‘tkaziladi.

— Muassasa bitiruvchilariga iyun oyida o‘qishni tugatganligi  to‘risida guvohnoma beriladi.

Bizning
Bolalar musiqa va san’at maktabimiz maktabdan tashqari ta’lim mussasasi xisoblanib, uning asosiy faoliyati bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini xar tomonlama kamol toptirish va madaniy savyasini yuksaltirish, o‘quvchilarning milliy va jaxon musiqalari xamda tasviriy san’atning yuksak namunalaridan keng baxramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Bizning

23-bmsm o'qituvchilari

O‘qituvchilarni siyosiy saviyalari va malakalarini davr talabi asosida birga borishi uchun maktab o‘qituvchilariga o‘z ustilarida ishlash daftarlari tashkil etildi, unda 5 bob bo‘lib har bir bo‘ladigan yangiliklar, o‘zgarishlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek xukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror, farmon va farmoyishlarini qayd etib boriladi. Maktab raxbariyati oyida bir marotabadan ular bilan suxbat qilib ularning siyosiy saviyalarini kuzatib boradi.