Biz haqimizda

Biz haqimizda

Qamashi tumani 23-son bolalar musiqa va san’at maktabi

Keyingi yillar mobaynida respublikamizda musiqiy ta’limni rivojlantirish to‘g‘risidagi respublika Prezidentining farmoni, respublika milliy raqs san’atini kuchaytirish to‘g‘risidagi Prezidentimiz farmoni, tasviriy san’atni rivojlantirish maqsadida maxsus internatlar tashkil etish to‘g‘risidagi farmonlari hamda 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 – 2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ – 910 sonli qarori bajarilishining ijrosi yuzasidan 2018 – 2019 o‘quv yilining sentabr oyida tumanimizda yangi musiqa va san’at maktabi qurilib foydalanishga topshirildi.

a

b

z

4

g

3

5

h

Yo'nalishlar

Maktabda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha: fortepiano mutaxassisligi, torli cholg‘u mutaxassisligi, damli va zarbli cholg‘ular mutaxassisligi, xalq cholg‘ulari mutaxassisligi, akadimek xonadalik, an’anaviy xonadalik, an’anviy cholg‘u ijrochiligi mutaxassisligi, estrada cholg‘u ijrochiligi, estrada xonandaligi, baxshichlik va San’at yo‘nalishi bo‘yicha: xoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, teatr san’ati bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda.
Maktabda sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sinf konsertlari va o‘zlashtirish musobaqalari, ochiq darslar belgilangan grafiklar asosida tashkil etilgan.
Maktabda sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sinf konsertlari va o‘zlashtirish musobaqalari, ochiq darslar belgilangan grafiklar asosida tashkil etilgan.
Biz haqimizda
Qoratepa MFY xududidagi qator qishloqlardagi 7 (yetti)ta umumta’lim maktablarida 2919 nafar ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasida san’atga ishtiyoqmand yoshlarning iste’dodlarini ruyobga chiqarish maqsadida ko‘pchilik ota-onalarning talab va istaklarini inobatga olib viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2014-yil 18-iyuldagi 01/6-5-1856-sonli rozilik xatiga asosan 2014-yil 16-avgustdagi 17-M sonli maktab buyrug‘li bilan ish faoliyatini boshladi. Hozirgi kunga qadar tarmoq o‘quvchilari viloyatda respublikada bo‘lib o‘tayotgan turli ko‘rik-tanlovlar va festivallarda qatnashib bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Maktabda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarda qatnashishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan, mavjud sinfxonalar musiqa cholg‘u asboblari, tasviriy va amaliy san’atga doir jixozlar va o‘quv anjomlari bilan to‘liq ta’minlangan. Maktab binosi ta’mirlangan. Gullar bilan bezatilgan. Maktab joylashgan bino tuman xokimining 2017-yil 15-fevraldagi X-138/2-sonli qarori bilan maktab balansiga to‘liq o‘tkazildi.
Bizning maqsadimiz

23-son bolalar musiqa va san’at maktabi

maqsadi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobilyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish,ularni xalqimiz an’anlariga va milliy qadryatlarmizga nisbatan xurmat ruxida tarbiyalash va ma’rifiy saviyasmini xar tomonlama oshirishdan iborat.
Bizning

Fidoiy va malakali o'qituvchilarimiz

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Bahshichlik san'ati bo'yicha o'qituvchi