8 mart — bahor, go’zallik va muhabbat bayrami arafasida Qamashi tuman 23-son BMSM da go’zal ayollar sharaflandi.

Bugun «Qamashi tuman 23-son bolalar musiqa va san’at maktabi» da mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlari, 8 mart — xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan bayram tadbiriga taklif qilindi. Bu musiqa maktabining ayollari uchun bayram dasturxoni yozildi va konserti tashkil etildi, tadbir sungida maktabning faol ayollarga bayram sovg‘alarni o‘z egalariga topshirdilar.

Bugungi kunda musiqa maktabida 19 nafar ayollar faoliyat olib borishadi, bu xodimlarning taxminan 45 foizini tashkil etadi.

Qamashi tuman 23-son BMSM ning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Ch.O’taganov va maktab kasaba uyushma qo’mitasi a’zosi T.Shodiyev musiqa maktabi ayollar jamoasini bayram bilan tabrikladilar va ularning maktabimizda tutgan yuksak o’rnini qayd etdilar.

Related Posts